Alisher Sadullaev
Senator | Yoshlar ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 12 октября 2026 · минимум 221 000 · максимум 272 000
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
“Ko‘mak” olis hududlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda Bugun olis tumanlardagi yoshlar ham o‘z hududida xorijiy tillarni o‘rganish imkoniga ega. “Ko‘mak” loyihasi doirasida 600 ta o‘quv markaziga ssuda ajratildi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 77 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada 30 ming dan ortiq yosh xorijiy tillarni o‘rganmoqda va 2 ming dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Loyiha…
⚡️ O‘zbekiston yosh muhandislari FIRST Global Challenge 2026 musobaqasida kuchli start oldi. Janubiy Koreyada o‘tayotgan musobaqaning birinchi kunida terma jamoamiz 4 ta bahsning barchasida g‘alaba qozonib, umumiy jadvalda 2-o‘rinni egalladi. Ertaga esa jamoamizni yangi va kuchli raqiblarga qarshi bahslar kutmoqda. Olg‘a, O‘zbekiston! @alisher_sadullaev
⚡️ O‘zbekiston robototexnika jamoasi Janubiy Koreya sahnasida! Incheon shahrida jamoamiz “First Global Challenge” Robototexnika Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqda. Yosh muhandislarimizga omad tilaymiz! 🕊 Telegram 📸 Instagram 📺 YouTube 🌍 Linkedin 🌍 Veb sayt
O‘zbekistonda agrar sohadagi islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etildi Prezidentimiz BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning oliy mukofoti — “Agrikola” medali bilan taqdirlandi. Ushbu xalqaro mukofot mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va agrar sektorda yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida amalga…
O‘zbekiston Robototexnika Milliy jamoasi Janubiy Koreyaga yo‘l oldi! Bugun yosh muhandislarimiz 196 mamlakat jamoalari ishtirok etadigan nufuzli FIRST Global Challenge Jahon chempionatida qatnashish uchun Janubiy Koreya Respublikasiga jo‘nab ketdi. 2017-yilda boshlangan FIRST Global Challenge bugun dunyoning eng nufuzli xalqaro robototexnika musobaqalaridan biriga aylangan. 7–10-oktabr kunlari jamoamizga muxlislik…
‼️ Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan bugungi kunga qadar xalqaro imtihonlarda yuqori natija qayd etgan 74 102 nafar yoshga 151 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi. O‘sish sur’ati ancha yuqori. 2025-yili 17 261 nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplangan bo‘lsa, 2026-yil yakunigacha 25 850 nafarlik marrani ko‘zlab turibmiz. Bir…
Qoyilmaqom! Loyihalarimizni tahlil qilayotib qiziq raqamlarga duch keldim. 2025-2026 yillar ichida yoshlarning chet tillarini o’rganish ko’rsatkichlarida katta sakrash bo’ldi. Qisqacha jadvalni rasmga olgandim. Tez orada batafsil yozaman. Qaysi raqamlar e’tiboringizni tortdi?
Bek va Lola bugun ham oilamizga quvonch ulashmoqda. Ayniqsa, farzandlarimiz o‘rtasidagi mehr-oqibat, bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabat aks etgan sahnalar juda ta’sirli. Albatta, oilaviy tomosha qilishni tavsiya qilaman. https://youtu.be/oLP2GYWVCzo?feature=shared