Yuqoridagi postga izohlarda 11-sinf adabiyot darsligida keltirilgan gʻazal tahlilida "oʻzga" soʻzi oʻzlik olmoshi sifatida talqin qilinganini, video muallifi shu darslikka asoslangan boʻlishi mumkinligini yozishmoqda. Balki. Lekin video muallifi hech boʻlmaganda darslikda xato ketganligini tushuntirib ketishi kerak edi, nazarimda. Chunki "oʻzga" soʻzini oʻzlik olmoshi sifatida talqin qilib ketish shu soʻz ishtirok…
Jalilov. Qaydlar
Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 28 сентября 2026 · минимум 4 730 · максимум 4 830
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
Tanqidiy fikrlashning ahamiyati Bugungi axborot hajmi muttasil koʻpayib, axborotni katta auditoriyaga yetkazish oson boʻlib qolgan davrimizda notoʻgʻri maʼlumotni yetkazish ham, notoʻgʻri maʼlumotga ishonib qolish ham oson boʻlib qoldi. Va yana bir tendensiya: hamma kurs sotadi, kimgadir nimanidir oʻrgatishini iddao qiladi. Va bu sotayotgan kursidagi axborotning qay darajada toʻgʻriligiga, asoslanganligiga koʻplar…
Alisher Qodirov: “Toshkent shahrining o‘rtasida bitta eski qanaqadir, buzib tashlasa ham bo‘ladigan binoni madaniy meros sifatida atrofiga qo‘riqlab, butun sudga berib, janjallashib, to‘polonlashib yotilibdi. Hech kimga kerak emas, bir rus rassomining qanaqadir uyi ekan u. Olib ketilishi kerak uni, bizga nima keragi bor uning? Uning bizga madaniy meros sifatida qanday qadriyati?" Internet manbalaridagi maʼlumotlarga…
Qiziq. Oyina.uz Oʻzbekistondagi nollashtirishlar tarixi eslangan bu video bilan nima demoqchi? UPD. Oʻzbekistondagi va dunyodagi ayrim nollashtirishlar tarixi haqida bu yerda ham oʻqishingiz mumkin.
Og‘ziga kelganni demoq – nodonning ishi, oldiga qo‘yganini yemoq – hayvonning ishi. Og‘zimizga kelganni demasligimiz uchun bizga elak lozimdir. Bu elakning nomi - mantiq yoki tanqidiy fikrlash. Biz elak bilan tug‘ilmaymiz, uni o‘rganib, tajriba bilan qozonamiz. Gapimizning maza-matrasi, tagi-tugi bo‘lmog‘i uchun bir qo‘llanma lozim edi – shuni hozirladik. Tuzuk o‘ylab, tuzuk gapirmoq, tuzuk tinglab, tuzuk saralamoq…
Jamoatchilik muhokamasi muammolarni oldindan aniqlab olish uchunmi yoki "ura ura" uchun? Respublika taʼlim markazi Davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari loyihalarining jamoatchilik muhokamasi natijalari boʻyicha oʻziga qulay "dayjest"larni eʼlon qilishda davom etmoqda. Oldingi dayjestlardan bildikki, dayjestlari eʼlon qilingan fanlar boʻyicha hammasi zoʻr, hech qanday jiddiy tanqidiy mazmundagi fikrlar…
– Kitobni qanday o‘qish haqida ham kitob bo‘larkanmi? – Ha, bo‘ladi. Qanday sog‘lom ovqatlanish haqida kitob bo‘lgani kabi. Chaynab yuta olish hali sog‘lom ovqatlanish degani emas.
Menimcha, shaxsga doir ma'lumotlar haqidagi qonunda ham yozib qo'yilgan - voyaga yetmagan shaxslarning ma'lumotlariga ishlov berish uchun ota-onadan rozilik olish kerak. Har bittasidan.
Darvoqe. Portal interfeysida o'zbek tilining qonun bilan tasdiqlangan (ya'ni qonuniy kuchga ega bo'lgan) joriy alifbosi yo'q ekan. Ana sizga davlat tiliga va uning alifbosiga hurmat.
Mana bu jamoaviy murojaatga befarq bo'lmaganlar uning keyingi bosqichga o'tish uchun to'planishi kerak bo'lgan 5 ovozni to'plash uchun qo'llab quvvatlashlari mumkin.