Faraz qiling, bir X odam musulmon edi. G‘oyasi, e’tiqodi islomiy edi. Shu nuqtayi nazardan kitoblar yozardi. Keyin birdaniga e’tiqodini o‘zgartirib, xristianlikni qabul qildi va shu yo‘nalishda kitoblar yoza boshladi. Oradan ikki asr o‘tdi. Bitta bloger chiqdida, yozdi: xristianlik islomdan kelib chiqqan. X ham musulmon edi. Undan ikki tarmoq shakllandi. Bir tur kitoblarini o‘qiganlar islomiy e’tiqodda ketdi. Boshqa…
G‘oyalar va soyalar
Xurshid Yo‘ldoshev falsafasi, tahlili va kuzatuvlari, shaxsiy va subyektiv Blog: https://khyuldoshev.wordpress.com Youtube: https://youtube.com/@goyalarvasoyalar Oldi-qochdi luqmalar, tuyqus xayollar bu yerda: @khurshidyuldosh_lite
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 28 сентября 2026 · минимум 2 029 · максимум 2 130
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
Odatda meni podkastlarga falsafiy suhbat uchun chaqirishmaydi – mavzu ko‘pincha kundalik ijtimoiy, madaniy masalalar, kitoblar haqida bo‘ladi. Tadbirkor, TEAM universiteti hamta’sischisi Hikmat aka (Abdurahmonov ) “Fikr yetakchilari” podkastiga falsafiy mavzuda suhbatga taklif qilganlarida hayron bo’ldim, bo‘libam asosiy auditoriyasi tadbirkorlar bo‘lgan podkastga. Tadbirkorlarga falsafa qanchalik qiziq bilmayman,…
Bu kanal nomidagi “G‘oyalar va soyalar” shunchaki badiiyat emas, balki falsafiy ta’limotlar va faylasuflar o’rtasidagi muhim katta bo‘linish yoki toifani ifodalashi haqida bu yerda yozgan edim. Shunchaki o‘z kuzatuvim asosida bu ikki toifani shartli “ratsionalist” va “empirisist” lagerga ajratish ham mumkinligini bu yerda aytgandim. Uilyam Jeyms 1906-yili so‘zlagan Pragmatizm haqida ma’ruzasida ayni shu narsani…
Etika haqida tushunchalarimiz ancha sayoz, odatda shunchaki nasihatni etika deb hisoblaydilar. Vaholanki, Axloq falsafasi yuksak intellektual, bahslarga boy sohadir. Yuqoridagi postdagi audioni tinglaganlar buni qisman tushungan bo’lishi mumkin. 2 yil oldin, 1000Kitob tarjima loyihasida Julia Drayverning “Etika: asoslar” kitobi tarjima qilingan edi. Qizg’onchiqlik qilib hech kimga bermay, tahririni o‘zim qilgandim…
Utilitarizm nima? Xudbinlikmi yoki oliyhimmatlik? (Audio) Bugungi kundagi eng muhim axloqiy-falsafiy ta‘limotlardan biri – utilitarizm. Bu ta‘limot haqida juda ko‘p xato tushunchalar, qarashlar bor. Kimdir uni lazzatparastlik, egoizm deydi. Kimdir unga zamonaviy kapitalistik dunyoning illati deb qaraydi. Chindan shundaymi? Bu tushunchalarda qanchalik asos bor? Shu haqda Jamshid Muslimovning falsafa klubida…