#tariqat_maqomlari 2. Vara’ — “parhez”, “taqvo”, “tiyilish”degani boʻlib, bulgʻanishlardan, ma’naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish demakdir. Shayx Shibliyga koʻra, vara’ning uch koʻrinishi bor: til vara’si — ya’ni tilni bema’ni gaplar uchun ishlatmaslik…
Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
Ushbu kanal tasavvuf ilmiga bag‘ishlangan. Bogʻlanish uchun: @tasavvuf_nafs_tarbiyasi_bot “Shubhasiz, kim uni (nafsini) poklasa, najot topibdi” (“Shams” surasi, 9-oyat).
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 28 сентября 2026 · минимум 1 110 · максимум 1 260
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
#lahzalar Banda tavba qilganida, uning tavbasining rostligini sinash uchun Alloh o‘sha gunohga borish yo‘llarini oson qilib qo‘yadi. Shayx Muhammad Muxtor Shinqitiy Tasavvuf — nafs tarbiyasi
#tariqat_maqomlari 2. Vara’ — “parhez”, “taqvo”, “tiyilish”degani boʻlib, bulgʻanishlardan, ma’naviy zarar keltiradigan shubhalardan saqlanish demakdir. Shayx Shibliyga koʻra, vara’ning uch koʻrinishi bor: til vara’si — ya’ni tilni bema’ni gaplar uchun ishlatmaslik, gʻiybat-tuhmatga berilmaslik; koʻz varasi — shubhali narsalardan saqlanish, gʻaliz shakllarga boqmaslik; qalb vara’si — past himmatni tark etish va…
#tariqat_maqomlari 1. Tavba — qaytish demak, ya’ni kamolotga, oliy-axloqiy sifatlarga qaytish. Tariqatga qadam qoʻygan odamning niyati va mohiyati shu tavbasida ayonlashadi. Tavbaning haqiqati shuki, solik Xudoga yetishish yoʻlida gʻov boʻladigan jamiki narsalardan yuz oʻgirishga qasamyod etadi, butun intilishi, tavajjuhini Allohga qaratadi, avvalgi hayot tarzidan butunlay voz kechadi. Tavba kufrdan qaytish, shariat…
Tariqatda maqomot va hol tushunchalari muhim oʻrin tutadi. “Maqomot” — maqom (manzil, bekat) soʻzining koʻpligi boʻlib, solikning ruhiy-ma’naviy kamoloti bosqichlarini anglatadi. Abu Nasr Sarroj tariqatning quyidagi maqomlarini qayd etgan: 1. Tavba 2. Vara’ 3. Zuhd 4. Faqr 5. Sabr 6. Xavf 7. Rajo 8. Tavakkul 9. Rizo Quyida yuqoridagi tartib bo‘yicha tariqat maqomlari beriladi. Tasavvuf — nafs tarbiyasi
#lahzalar Ulugʻlar aytadiki, toat-ibodati har qancha ko‘p bo‘lmasin, inson u bilan g‘ururlanmasa, gunohi har qancha oz bo‘lmasin, uni past sanamasa, bu Allohni ulug‘lashidan dalolatdir. Ibrohim alayhissalom to‘g‘ri yo‘ldagilarning peshvosi bo‘lishlariga qaramay, Parvardigori olamdan xatolarini yashirib, sharmanda qilmasligini so‘radilar: “ Va (barcha jonzot) qayta tiriladigan Kunda meni sharmanda qilmagin! ” (Shuaro…
“Tahbeh ul-g‘ofiliyn”da Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahuning shunday deganlari naql qilinadi: “Men sizlardagi ikki narsadan qo‘rqaman: orzu-havasni ko‘paytirish va havoyi nafsga ergashish. Chunki uzun orzu oxiratni unuttiradi, havoyi nafsga ergashish esa haqdan adashtiradi. Albatta, dunyo orqada qoladi, оxirat esa, oldinda. Har ikkovining ham farzandlari bor. Sizlar oxirat farzandlari bo‘linglar, dunyo…
5. Nafsi roziya Vuslat (qovushmoq) maqomi bo‘lib, nafsi natiqa bu maqomda roziya nomini oladi. Qur’oni karimda bu maqomga ishora o‘laroq: ارْجِعِي إِلَى رَبِّكِ رَاضِيَةً مَّرْضِيَّةً “Rabbingga sen Undan, U sendan rozi bo‘lgan holingda qayt!” deb amr qilinadi…
Endi ham o‘zingni odam sanaysanmi, Husan?.. Salaflardan biri o‘g‘liga shunday nasihat qilgan ekan: “Agar nafsing katta gunohga chaqirsa, ko‘zingni osmonga qarat va seni ko‘rib turgan Zotdan uyal. Agar buni qilolmasang, yerga boq va uning ustida yurgan kishilardan uyal. Oliy Zotdan qo‘rqmasang, yerdagi odamlardan uyalmasang, o‘zingni hayvonlar qatorida hisoblayver”. “Tahbeh ul-g‘ofiliyn”dan Tasavvuf — nafs tarbiyasi
4. Nafsi mutmainna Bu shundoq bir nafski, Alloh taoloning izni bilan qalb ruhining nuri bilan nurlanib, yomon fe’l-atvorlardan, sifatlardan xalos, pok bo‘lib chiroyli aхloq bilan ziynatlanadi. Nafsi mutmainnaning chiroyli olti fe’l-atvori va sifati bor:…