#nazm Hali oldindadir hamma-hammasi, Hali bu – hayotning qoralamasi... Oydinniso She'rni shoiraning o‘zi o‘qigan ✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Veb-sayt ✅ Facebook
“Yoshlik” jurnali
“Yoshlik” jurnalining telegram sahifasidagi rasmiy kanali Saytimiz: yoshlikjurnali.uz
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 28 сентября 2026 · минимум 5 610 · максимум 6 190
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
#nasr ESKI UDUM (Hikoya) Har yili kech kuz qishloqdagi eski hovlilarida barcha oila a’zolari yig‘ilishadi. Odatdagidek bu gal ham eldan burun o‘zi yetib keldi. Kirib borganda uyda hech kim yo‘q edi. Biroz ikkilanib turib qoldi. Bolaligi o‘tgan, hayotga ilk muhabbati uyg‘ongan qadrdon joyda birinchi marta o‘zini begonadek tuydi. Atrofga alang-jalang nazar tashlab chiqdi. Hammasi o‘sha-o‘sha: saranjom-sarishta. Faqat…
#tarjima HECH QACHON QO‘RQMANG (Oksford universiteti qoshidagi o‘rta maktab bitiruvchilari qarshisida so‘zlangan nutq ) Bundan ancha yillar burun, sizlar tug‘ilmasingizdan avval bir donishmand fransuz aytgan ekan: “Navqironlikning aqli yetganida edi, keksalik eplolganida edi”. Biz bu so‘zlar ma’nosini shunday tushunamiz: navqironligingda har nega qodirsan, lekin nima qilishni bilmaysan. Keyin munkillab keksayding,…
#olis_yaqin_ovozlar *** Boraman. Bizni adashtirgan yillar oralab Jingalak sochimga taqasan yalpiz. So‘ng ortga qaytaman… Kimni qoralab Yolg‘iz. Men takror boraman Bu ne jasorat… O‘tmishga sudrayman vaqt millarini. O‘g‘irlab qaytaman Derazangdagi Baxt gullarini. O, yana boraman, Bu qanday tahqir… Ko‘zimdagi bari tomchilar ozod. Nogoh qo‘llarimdan tutadi taqdir, Kishanband etadi jismimni hayot. Baribir boraman, Hech…
#mulohaza BIR TOLIM NUR Yaqinda metroga tushgan edim. Gavjum. Hamma o‘zi bilan band. Birov bilan birovning ishi yo‘q. Elektropoyezdlar qora tuynuklardan shitob bilan chiqib kelib to‘xtaydi. Noma’lum qorong‘ilikdan vagonlarga ergashib kelgan sovuq hovur yuzlarga uriladi. Sergak tortgan olomon vagonlarga intiladi. Kimdir buyruq berganday, hamma bir xil, sinxron harakat qiladi. Sezasizki, bu yerda hech kimga…
#iqtibos Yoshlik, bu – orzu. Bu – ishonch. Bu – jasoratga intilish. Bu – lirika va romantika. Bu – kelajakka tuzilgan ulkan rejalar. Bu – istiqbolning boshlanishi. Nozim HIKMAT ✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Veb-sayt ✅ Facebook
#nazm Bu ilhaq ovozlar kimlarning ismi? Hayot qaysi dildan chalayapti bong? Haddidan o‘tolmay, kunlarimgamas, Tushlarimga shoshib kirayapti tong. Baxtiniso She'rni shoiraning o‘zi o‘qigan ✅ Telegram 🌐 Instagram 🌐 Veb-sayt ✅ Facebook
#mulohaza “Shahinam, o, mening Shahinam” Buyuk rus shoiri Sergey Yeseninning qisqa muddatli umri va ulkan ijodiga Isadora Dunkan, Galina Benislavskaya, Anna Izryadnova, Nadejda Volpin, Zinaida Rayx va boshqa shu kabi iqtidorli va go‘zal ayollar ilhom bag‘ishlashgan. Biroq hech biri rus tili va adabiyot muallimasi Shahane Talyan singari unutib bo‘lmas darajada taassurot qoldirmagan. Uning go‘zalligi va jozibasi…
#tarjima SARIQCHAQA (Hikoya) Bolalar judayam sho‘x, qaqajon, mitti mavjudotlardir. Dikkidek aqlli, ziyrak, mehribon, sodda, yoshiga nisbatan anchayin teran fikrlovchi bolakay dab-durustdan, singillarining ta’biriga ko‘ra, o‘zini qaysar eshakdek tutsa-yu, nahot uning sho‘xliklariga chora topish shunchalar imkonsiz? – Dikki bolajonim, kelaqol! Darhol oldimga kel-chi! Onang seni chaqirayotganini eshitmayapsanmi? Dikki!…
#tavallud Bugun – shoir Mahmud ABDULHAMIDning tavallud topgan kuni! O‘TTIZ UCH YOSH O‘ttiz uch yosh. Yo‘lovchiman men, Baxt esa ko‘rinmas, mavjlar jiviri. Sen bilan bo‘lganim, baxtli kunim eng, Xiyobonda oshiqlar pichir-pichiri. Sababsiz, beparvo va horg‘in qarash, Taqdir muhabbatdan, berdi bayonot. Ruhim bosilmadi, hali ham sarkash, Hali ham qiynaydi, beshafqat hayot. Pokligim qashshoqlik, sevgim yolg‘izlik,…