Tashkent Content Market rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi 2027-yil 4–5-fevral kunlari Toshkentda o‘tkaziladigan xalqaro kontent bozorida 50 dan ortiq davlatdan 3 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda . @daryo_live
Daryo — LIVE
“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali Reklama — https://daryo.uz/aloqa-malumotlari Tahririyat — @daryoga_murojaatbot Rasmiy kanal – @daryo Rasmiy kirill – @daryo_kirill Lifestyle – @daryo_lotin Sport – @daryo_sport24
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 12 октября 2026 · минимум 58 600 · максимум 60 000
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
Tailand qirolichasi Sutxida Vachiralongkorn ilk bor JAS 39C Gripen qiruvchi samolyotini mustaqil ravishda havoga koʻtardi Qirolicha parvozdan oldin samolyotni shaxsan tekshirgan. Uning havoga koʻtarilishi va qoʻnishini turmush oʻrtogʻi — Tailand qiroli Maha Vachiralongkorn kuzatib turgan. Qoʻnishdan soʻng qirol rafiqasini guldasta bilan kutib olgan va unga Gripen Order Golden Patch nomli oltin nishonni topshirgan.…
O‘zbekistonda “Yandeks” taksi xizmatida uzilishlar kuzatilmoqda Bunga Ukraina tomonidan kompaniyaning Rossiyadagi ma’lumotlar bazalariga uyushtirilayotgan hujumlar sabab bo‘lishi mumkin . @daryo_live
O‘zbekistonda 2027-yil 1-iyuldan o‘simlik yog‘ini majburiy markirovkalash taklif qilindi Yangi tartibga ko‘ra, ishlab chiqariladigan va import qilinadigan o‘simlik yog‘i qadoqlariga maxsus raqamli kod joylashtiriladi. Markirovkasiz mahsulotlarni sotganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qo‘llanishi mumkin . @daryo_live
Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniyaning savdo boʻyicha davlat vaziri Anas Sarvarni qabul qildi Britaniya tomoni Toshkent shahrida “ingliz huquqi” tamoyillari asosida ishlaydigan Xalqaro moliya markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashishga tayyor ekanini bildirdi . @daryo_live
Moskva aeroportlarida reyslar kechiktirilib, bekor qilinmoqda Rosaviatsiyaning ma’lum qilishicha, Moskvaning “Vnukovo”, “Sheremyetevo”, “Domodedovo” va “Jukovskiy” aeroportlarida mahalliy vaqt bilan soat 15:40 lardan boshlab vaqtinchalik cheklovlar kiritildi. Bu Moskva shahri va viloyatiga dronlar hamda kichik havo sharlari hujum qilingani bilan bog‘liqligi aytilmoqda . FlightRadar24 xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,…
Zelenskiy AQSHning Ukrainaga yordam bergisi kelmayotganini aytdi Ukraina prezidenti mamlakatda so‘nggi ikki kunda 70 dan ortiq odam o‘lganini aytib, Trampdan Starlink’dan foydalanishga ruxsat berishini so‘radi . “Bizga Starlink’ni bering. Osmonimizni himoya qilishimizga va ustunlikka erishishimizga yordam bering. Shundan keyingina Putin muzokara stoliga o‘tiradi”, dedi siyosatchi. @daryo_live
Rasman: Erkinjon Turdimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri lavozimiga tasdiqlandi Turdimov ayni vaqtga qadar Sirdaryo viloyat hokimi lavozimida ishlab kelayotgan edi. @daryo_live
Buxoroda 14 kunlik chaqaloqning oshqozonidan to‘g‘nog‘ich olib tashlandi Shifokorlar yot jismni jarrohlik amaliyotisiz, maxsus tibbiy uskuna yordamida chiqarib olgan. Muolaja 10–15 daqiqa davom etgan . @daryo_live
Toshkentda 10-oktyabrga o‘tar kechasi havo sifati yomonlashishi mumkin Shamol tezligining pasayishi va harorat inversiyasi sababli havodagi mayda chang zarrachalari miqdori vaqtincha ortishi kutilmoqda. Aholiga kechki vaqtlarda ochiq havoda uzoq qolmaslik tavsiya etildi . @daryo_live