Аватар канала Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari
TG

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Telegram · gazetauz_ozb
O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @GazetauzMuloqotBot +998 78-333-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Elonna +998 99-885-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kirill alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb
Подписчиков15 600
Охват поста929
Коэффициент охвата6,0%
Постов за месяц 80 последний 10 октября 2026
Рекламных постов 0 0,0% ленты
Прирост аудитории −7,1% за 90 дней

Динамика подписчиков

с 20 июля 2026 по 12 октября 2026 · минимум 15 600 · максимум 16 800

Кто рекламировался за полгода

Рекламных размещений с маркировкой не найдено.

Публикации

Оригинал

Nurafshon shahridagi oqova suv tozalash inshooti qurilishida 13,9 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi. Mas’ullar 73,3 mlrd so‘mlik ishni hujjatlarda 87,2 mlrd so‘m deb soxtalashtirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/talon-toroj/ Telegram | Instagram | YouTube

124 просмотров
Оригинал

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida norasmiy vositachilarni qonuniylashtirish va firibgarlikning oldini olish maqsadida “ko‘chmas mulk agenti” toifasi hamda yagona reyestr joriy etilmoqda. Ushbu mexanizmlar e’lonlarning ishonchliligini oshirib, vositachilar maqomini tekshirish imkonini beradi, dedi Davaktiv vakillari. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/real-estate/ Telegram | Instagram | YouTube

703 просмотров
Оригинал

“O‘zekspomarkaz” hamda Xalqaro hamkorlik markazidagi davlat ulushlari Toshkentning “yashil hududida”ligi uchun alohida shartlar asosida xususiylashtiriladi, deya ma’lum qildi DABA direktori Sohibjon Murodov. Investorlar uchun shahar bosh rejasi talablarini bajarish qat’iy majburiyat sifatida belgilanadi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/privatization/ Telegram | Instagram | YouTube

733 просмотров
Оригинал

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasidagi “yashil” energetika koridori texnik-iqtisodiy asoslarining 1-bosqichini tayyorlashga 1 mln dollarli grant yo‘naltiriladi. Loyiha Kaspiy dengizi orqali 400 km kabel yotqizishni nazarda tutadi va elektr energiyasini Yevropaga yetkazib berish imkonini yaratadi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/green-corridor/ Telegram | Instagram | YouTube

806 просмотров
Оригинал

AQSh, Janubiy Koreya va Xitoy investorlari UzAuto Motors hamda UzAuto Powertrain`ni sotib olishga qiziqish bildirmoqda, deya ma’lum qildi DABA direktori Sohibjon Murodov. Uning aytishicha, aktivlar ochiq va raqobatli xalqaro savdolarda sotiladi. Jarayonga Alvarez & Marsal konsultant sifatida jalb etilgan. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/uzauto-motors/ Telegram | Instagram | YouTube

864 просмотров
Оригинал

Sakkizta kinopremyera, beshta festival, turk musiqasi konserti, art bozor, Toshkent modernizmini ko‘rsatadigan ko‘chalar bo‘ylab piyoda sayr, ko‘rgazmalar, spektakllar va poytaxtdagi boshqa tadbirlar — dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-oktabr). https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/afisha/ Telegram | Instagram | YouTube

897 просмотров
Оригинал

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini qayta xususiylashtirish hozircha rejalashtirilmagan. Investor to‘lovlarni kechiktirgani sababli davlat ulushini sotish shartnomasi bekor qilingan. Zavodni moliyaviy sog‘lomlashtirish choralari ko‘rilib, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 40%dan qariyb 100%ga yetkazildi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/fnqiz/ Telegram | Instagram | YouTube

893 просмотров
Оригинал

⚡️ Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Erkinjon Turdimov bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha vazifalar ijrosini nazorat qilish va tashkillashtirish Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/erkinjon-turdimov/ Telegram | Instagram | YouTube

1 410 просмотров
Оригинал

O‘zbekiston 2027-yilda MDHga raislik davrida iqtisodiyot, transport, xavfsizlik, ta’lim va ilm-fan sohalarida aniq natijalarga erishishni maqsad qilgan. Shavkat Mirziyoyev raislik konsepsiyasi va tadbirlar rejasida hozirning o‘zida 100 dan ortiq chora-tadbir nazarda tutilganini ma’lum qildi. https://www.gazeta.uz/oz/2026/10/09/president/ Telegram | Instagram | YouTube

1 060 просмотров
Оригинал

Dollar kursi oshdi Markaziy bank 10-oktabrdagi xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi. Unga koʻra, 1 AQSh dollari 51,33 soʻmga qimmatlab, 11 897,90 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kurslari ham oshdi. Telegram | Instagram | YouTube

1 020 просмотров

Похожие каналы