Аватар канала Kapital.uz — biznes yangiliklari
TG

Kapital.uz — biznes yangiliklari

Telegram · kapital_news
O'zbekistonda biznes, iqtisod, moliya va bitimlarga oid biznes nashri Instagram: instagram.com/kptluz_news Rus tilida: https://t.me/KPTLUZ Reklama masalalari bo'yicha: +99890 127 33 30 / @repost_sales Tahririyat bilan bog'lanish: @emirasan
Подписчиков7 530
Охват поста5 810
Коэффициент охвата77,2%
Постов за месяц 20 последний 23 сентября 2026
Рекламных постов 0 0,0% ленты
Прирост аудитории +5,6% за 90 дней

Динамика подписчиков

с 20 июля 2026 по 28 сентября 2026 · минимум 7 130 · максимум 7 670

Кто рекламировался за полгода

Рекламных размещений с маркировкой не найдено.

Публикации

Оригинал

IT Park Ventures O‘zbekistondagi oltita startapga investitsiya kiritdi Eng katta mablag‘— 150 ming dollarni blogerlar va UGC-kreatorlar orqali brendlarni targ‘ib qiluvchi ORA AI-platformasi qo‘lga kiritdi. Bigmart, Layf, UrbanDrive va Tezborning har biriga yana 100 ming dollardan nasib etdi, Q.Watt pauerbanklar sheringi tarmog‘iga ajratilgan summa esa oshkor qilinmadi. Mablag‘lar mahsulotlarni rivojlantirish va…

5 190 просмотров
Оригинал

O‘zbekistonda dollar kursi qimmatladi Markaziy bank 24-sentabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi. Dollar 11,86 so‘mga qimmatlab, 11 814,05 so‘mni tashkil etdi. Yevro kursi esa 45,48 so‘mga pasaydi. Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

5 580 просмотров
Оригинал

Xo‘jaoboddagi texnoparkda yiliga 1 mln dona “aqlli” suv hisoblagich ishlab chiqariladi Texnopark adirliklarni o‘zlashtirish hisobiga ajratilgan 100 gektar maydonda tashkil etilgan. Loyiha doirasida 51 ta sanoat korxonasini joylashtirish rejalashtirilgan. Buning uchun $300 mln xorijiy investitsiya jalb qilingan. Sanoat zonasi to‘liq ishga tushgach, 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi, yiliga 50 dan ortiq turdagi…

5 950 просмотров
Оригинал

Andijonda $9,4 mlrdlik 206 ta investitsiya loyihasiga start berildi Ularning 98 tasi, qiymati $2,05 mlrd bo‘lgan loyihalar allaqachon ishga tushirilgan. Yana 108 ta loyiha bo‘yicha umumiy qiymati $7,35 mlrd bo‘lgan qurilish ishlari boshlandi. Loyihalarga start berish marosimi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazildi. Investitsiya loyihalari energetika, qurilish,…

5 680 просмотров
Оригинал

Markaziy bank Shaxmat olimpiadasiga bag‘ishlangan oltin va kumush tangalarni sotuvga chiqaradi Esdalik tangalari 999,9 asillikdagi oltin va kumushdan zarb etiladi. Har bir tanganing og‘irligi 31,1 gramm, nominal qiymati esa 100 ming so‘mni tashkil etadi. Dastlab 100 dona oltin va 500 dona kumush tanga chiqariladi. Bozor talabi va kolleksionerlar qiziqishidan kelib chiqib, ularning tiraji bosqichma-bosqich…

5 820 просмотров
Оригинал

Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovga qarshi sanksiyalarni bekor qildi Yevropa Ittifoqi Kengashi Rossiyadagi biznesmenlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi. Tegishli qaror 22-sentabr kuni qabul qilinib, Yevropa Ittifoqining Rasmiy jurnalida e’lon qilindi. Boshqa tomondan, Rossiya bilan bog‘liq qariyb 3 ming nafar jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan amaldagi cheklovlar uch yilga…

5 660 просмотров
Оригинал

Shavkat Mirziyoyev Andijon xalqaro aeroporti rekonstruksiyasining 2-bosqichi bilan tanishdi Aerodrom majmuasini rekonstruksiya qilish loyihasining umumiy qiymati 1,1 trln so‘mni tashkil etadi. Birinchi bosqichda infratuzilma tubdan yangilandi. Xususan, uchish-qo‘nish yo‘lagi 3,3 kilometrgacha uzaytirilib, kengligi 60 metr bo‘lgan yangi 4E toifali yo‘lak qurildi. Hozirda rekonstruksiyaning ikkinchi bosqichi doirasida…

5 780 просмотров
Оригинал

Mirziyoyeva Google bilan O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirishni muhokama qildi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkka tashrifi doirasida Google kompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar va davlat siyosati masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Karan Bhatia bilan uchrashdi. Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli…

5 900 просмотров
Оригинал

O‘zbekistonda avtomobil savdosi avgustda 2,2 % ga oshdi 2026-yil avgust oyida O‘zbekistonda barcha turdagi avtotransport vositalari savdosi 79 ming donadan oshdi. Yengil avtomobillar savdosi iyul oyiga nisbatan 2,2% ga ko‘payib, 62,5 ming donani tashkil etdi. Savdolarning 50,2% ikkilamchi bozor hissasiga to‘g‘ri keldi. Avgust oyida birlamchi va ikkilamchi bozorlarda 9,2 mingta elektromobil sotildi. Savdolarning…

5 700 просмотров
Оригинал

O‘zbekistonda 2030-yilgacha generatsiya quvvatlari 46,1 GVtga yetkaziladi Prezident Shavkat Mirziyoyevga elektr energetikasini rivojlantirish istiqbollari va yoqilg‘i-energetika sohasidagi loyihalarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi. Rejaga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistondagi jami generatsiya quvvatlari 46,1 GVtga yetkaziladi. Bu yiliga qariyb 129 mlrd kVt·soat elektr…

6 060 просмотров

Похожие каналы