“Hurmat qilsang, o‘zidan ketadi. O‘zingdan ketsang, hurmat qiladi” deb bekor aytishmagan. Baydenga, masalan, bunaqa izzat-ikrom ko‘rsatishmasdi. @pan_diplomat
Diplomat (Sobirov)
Tarix, siyosat va ideologiya. Muallif: @Tarix_tasvirlarda Youtube: www.youtube.com/@pan_diplomat Instagram: www.instagram.com/pan_diplomat Muallifga yozish: @pan_sobirov
Динамика подписчиков
с 20 июля 2026 по 28 сентября 2026 · минимум 4 460 · максимум 4 590
Кто рекламировался за полгода
Рекламных размещений с маркировкой не найдено.
Публикации
O‘ng partiyalar katta va’dalar beradi, tez ommaviylashadi, lekin ularda ham muammolarni hal qilib yuboradigan “sehrli tayoqcha” yo‘q. Masalan, hozir eng ko‘p muhokama qilinayotgan “Germaniya uchun muqobil” (GUM) partiyasi. Partiya federal saylovda ham yutib, Alis Veydel kansler bo‘ldi deylik . Ular birinchi navbatda Ukrainaga yordamni to‘xtatib, Rossiyadan arzon gaz olishni tiklaydi. Va shu bilan qila oladigan…
Ikki yil ichida butun Arabiston yarimoroli va Yaqin sharq qip-qizil hududga aylandi. Isroil Falastin, Livan, Suriyaga hujum qilyapti. Suriyada tuzum ham almashdi. AQSH Eronni bombalayapti. Eron esa Iroq va butun Arab ko‘rfazi davlatlarini raketalayapti. Yaman Saudiyani, Saudiya Yamanni o‘qqa tutmoqda. Faqat Ummon tinchlik oroli bo‘lib turibdi. Netanyahu qaysidir ma‘noda o‘z maqsadiga erishdi. Mintaqada xaos yaratdi.…
Germaniyaning yana bir federal hududida o‘ta o‘nglar partiyasi – Germaniya uchun muqobil (GUM) g‘alabaga erishibdi . Bu GUM’ning ikkinchi hududiy g‘alabasi. Biroq bu safar o‘nglar mutlaq g‘alaba erishmay, so‘llar bilan yaqin natija ko‘rsatgan. Eng qizig‘i esa, Ikkinchi jahon urushidan beri Olmoniyaning yetakchi partiyasi bo‘lib kelayotgan Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) o‘z tarixidagi eng sharmandali natijani…
Qonun nega kerak? “Bizga ma’lumki, odamlar qayerda qavm yoki qabila bo‘lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt va saodatga erishganlar. Aks holda o‘rtalarida tartibsizlik ro‘y bergan zahoti nizom-u qoida yo‘qolib, darhol nobud bo‘ladilar yoki e’tiborsiz va xor bo‘ladilar. Aslida bu tabiiy va…
Kanadaning Yevropa ittifoqi bilan yaqinlashishi ajoyib. Ursula xonim hozircha ittifoqchilar bilan kelishmay katta va‘dalar beryapti . Assosiatsiyalangan a‘zo davlat tushunchasi nimaligi ma‘lum emas, lekin qandaydir ustunliklar bor sherik bo‘lishi aniq. Yevropa ittifoqi unga necha yillardan beri qo‘shilishga intilayotgan Moldova, Gurjiston, Armaniston, Qoratog‘, Albaniya, Serbiya va nihoyat Ukrainaga hech qanday…
Behbudiyning Quddusga safari xotirasidan yana bir parcha: “Harami sharifning (Al Aqso va Qoya gumbazi) uchdan ikki hissasi iflos, chaqir-chuqur, har yergʻa oʻt chiqib, oʻzi qurub churub ketmoqdadur . Haram ichigʻa bir necha yerda suv bor ekan. Ammo mundagi sarv, zaytun va boshqa daraxtlar suvsizlikdan qurumoqdadur. Mana marmar yo‘lakning bir tarafinda mundagi talaba va mashoyix va dalillarning…
Behbudiyning Quddusga safari xotirasidan parcha: “Dedim: ‘Xudo uchun, munda yotgan anbiyo uchun so‘zumni tinglangiz. O‘zingizg‘a ma’lum, bu harami muhtaramda Masjidi al-Aqso bo‘lub , “Subxon al-azi asru...” oyati sharifasi muning haqqig‘a nozil bo‘lgandur. Bu maqomi muqaddasning sha’nidagi hadislar, albatta, ma’lumingizdur. O‘z nafsingiz uchun bu qadar zillati tama’ni qabul qilarsiz va besh yuz qadamdagi…
Ahmoqona gaplar gapirib tursa-da, Lukashenko postsovet makonidagi eng yaxshi dipomatlardan baribir . Hech nima yo‘qotmay yon berishga erishyapti. Yana bir yon berish kerak bo‘lsa, yana 3-4 ta muxolifatni hibsga olib, keyin ozod qilib yuboradi. Hech narsa yutqazgani yo‘q amalda. Batya necha yillardan beri Putinni “ana bugun birlashamiz, mana bugun birlashamiz” deb ahmoq qilib yuribdi, Prigojinni muqarrar g‘alabadan…
Davlat o‘zi nima, u qanday paydo bo‘lgan? “Insonlar tabiat tomonidan ularga berilgan tabiiy huquqlarni buzmasdan bir-biri bilan tinch-totuv yashay olmaydi. Har bir inson yashash va erkin bo‘lish huquqiga ega, biroq bu boshqa insonning tabiiy huquqlariga daxl qilmasligi lozim, zero tabiiy huquqlar o‘zbilarmonlikni, xohlagan narsa qilish mumkinligini anglatmaydi. Majburlashning uyushgan elementi bo‘lmasa, odamlar…